Kitob tumanida qamoqdan qochib kelib, xonadonlarni umarib yurgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyatchi yana jinoyatga qo`l urdi. Bu haqda Qashqadaryo vilyaoti IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, 2022 yil 15 mart kuni soat 09:00 larda Kitob tumani Xalqlar do`stligi MFYda yashovchi uy bekasi B.A. yashash uyiga notanish shaxs g`ayriqonuniy ravishda kirib, xonada bo`lgan 250 ming so`m pul va 1 juft erkaklar oyok kiyimini o`g`irlab ketganini bayon qilgan.

 Shu kuni soat 21:30 larda Kitob tumani, “Xamid   Olimjon” MFYda yashovchi nafaqaxo`r ayol R.R. va 2022 yil 16 mart kuni soat 10:00 larda Kitob tumani Xalqlar do`stligi MFYda yashovchi T. B. hamda shu kuni soat 23:00 larda Kitob tumani, “Charmgar” MFYda yashovchi P.Sh.ning yashash uyiga g`ayriqonuniy ravishda noma`lum shaxslar kirib, xonada bo`lgan narsa va buyumlarni titib, deraza oynalarini sindirib, tartibsiz holatga keltirib, xonadondan pul yoki qimmatbaho buyumlarni topa olmaganidan so`ng, jinoiy rejasi amalga oshmaganligini bilib, voqea joyidan yashiringan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida hodisa joyidan Kitob tumani IIB EKG katta eksperti mayor J.Azizov tomonidan olingan oyna siniqlari viloyat IIB EKBdagi biometrik idenfikasiya tizimida tekshirib ko`rilganida 1 dona daliliy Kitob tumani Charmgar ko`chasida yashovchi, 2019 yil o`n ettinchi dekabr kuni O`z R JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlan, 2022 yil 10 fevral kuni JIB Chiroqchi tuman sudining ajrimiga ko`ra, o`talmay qolgan 3 yil 5 oy 18 kun jazosini Samarqand viloyati, Poyariq tumanida joylashgan 37-sonli manzil kaloniyasida o`tashi  belgilangan R.J.ga tegishli ekanligi aniqlangan.

Ma`lum bo`lishicha R.J. jazo o`tayotgan vaqtda ya`ni, 2022 yil 15 mart kuni manzil kaloniyasini ruxsatsiz tark etib, o`zini jinoiy rejasini amalga oshirish uchun Kitob tumaniga kelib, yuqoridagi jinoyatlarni sodir etganini tan oldi.

Mazkur xolatlar yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi TG tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring