Kitob tumanida MChJ rahbari imtiyozli kredit mablag`ini talon-toroj qildi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

 

Aytilishicha, Kitob tumanida tegishli organlar tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Qarshi shahridagi “B.K.” MChJ rahbari A.Q. va viloyat bank filiali mas`ul shaxslari bilan o`zaro til biriktirib, Kitob tumanida yashovchi 21 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz asalari uyasi va oilasini xarid qilish uchun imtiyozli shartlar asosida jami 210 mln. so`m kredit mablag`i ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag`ini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

 
 

Ma`lum qilinishicha, tekshiruv davomida etkazilgan zararning to`liq qoplanishi ta`minlangan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring