Kitob tumani Maktabgacha ta`lim bo`limi mudiri 53 yoshida vafot etdi

Kitob tumani Maktabgacha ta`lim bo`limi mudiri Abduqahhor Rahimov bugun 53 yoshida vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Kitob tumani hokimligi, Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi hamda keng jamoatchilik vakillari marhumning vafoti munosabati bilan oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor qildi.

"Darakchi" tahririyati ham marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring