Kim Chen In otasi Kim Chen Ir haqida uzoq nutq so‘zlab, yuzlab odamlarni sovuqda qoldirdi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In otasi Kim Chen Ir haqida uzoq nutq so‘zlab, yuzlab odamlarni sovuqda qoldirdi. Shu bilan birga, Kimning o‘zi va uning sheriklari sahna ostiga yashirilgan isitgichlardan foydalangan. Bu haqda Daily Mail ma’lum qildi.

Kim Chen In otasi Kim Chen Ir tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan 30 daqiqalik nutq so‘zlagan paytda havo harorati 15 daraja sovuqqa yetgan. Shu vaqt ichida yig‘ilganlar qo‘lqopsiz, sharfsiz va bosh kiyimsiz tik turishgan.

Реклама на Unews

Ba’zi muxbirlar sahnadagi qizil gilam ostidan o‘tayotgan katta sim to‘plamini payqab, ular kommunistik davlat elitasini issiqlik bilan ta’minlash uchun ishlatiladigan isitgichlarga olib kelgan, deb taxmin qilishgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring