«Ketayotib ko‘zlarim namlandi». Alisher Uzoqov Zo‘r TV kanalidan nima sababdan ketganini ma’lum qildi (video)

Aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Alisher Uzoqov suhbat davomida Zo‘r TV kanalidan nima sababdan ketganini ma’lum qildi, deb yozmoqda "Zamin/uz" nashri.

- "Meni tushunishmadi va qadrimga yetishmadi. Men ishlardim, jon deb ishlardim, lekin maqsadlarim boshqa edi, o‘sha maqsadlarimni ularga tushuntirib bera olmadim.

Dublajlarda qancha harakat qilsam ham chopilaverdi, loyihalarda ham, ko‘rsatuvlarda ham shunday bo‘ldi. Men sifatga ko‘proq e’tibor beraman, meni nazarimda, meni fikrimcha sifat Zo‘r TV oldiga qo‘ygan eng asosiy maqsadlardan biri emas ekan. Fikrim bo‘yicha shunaqaroq ekan. Ketish juda og‘ir bo‘ldi, chiqib ketayotganimda ko‘zlarim namlandi. Chunki ancha loyihalar qildim, qadrdonlarim o‘sha yerda edi.

Yana taklif bo‘lsa qaytmayman. Faqatgina bitta «Bekat» degan loyiham u yerda qolgan, ammo bu haqda o‘zimga umuman indashmadi. U yerdan rozi-rizolik bilan ketdim. Men Zo‘r TV’dagi hammani yaxshi ko‘raman va hammani hurmat qilaman
", - deydi Alisher Uzoqov.

Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov «Janob hech kim», «Uylanish», «Tundan tonggacha», «So‘nggi lahza», «Islomxo‘ja», «Elparvar», «Mening akam bo‘ydoq», «Endi dadam bo‘ydoq» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. «Muzlagan», «Kuzda gullagan daraxt», «Mening akam bo‘ydoq», «Endi dadam bo‘ydoq» kabi filmlarga rejissyorlik qilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring