Kecha koronavirusdan 6 nafar bemor vafot etdi

Kecha, 13 avgust kuni O`zbekistonda 966 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

2021 yil 13 avgust holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 142124 (+966) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

Реклама на Unews

  1. 88 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  2. 37 nafari Andijon viloyatida,
  3. 25 nafari Buxoro viloyatida,
  4. 68 nafari Jizzax viloyatida,
  5. 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  6. 21 nafari Navoiy viloyatida,
  7. 40 nafari Namangan viloyatida,
  8. 96 nafari Samarqand viloyatida,
  9. 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  10. 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
  11. 91 nafari Farg`ona viloyatida,
  12. 43 nafari Xorazm viloyatida,
  13. 101 nafari Toshkent viloyatida,
  14. 209 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 83 nafar,
  • Andijon viloyatida 40 nafar,
  • Buxoro viloyatida 18 nafar,
  • Jizzax viloyatida 63 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 29 nafar,
  • Navoiy viloyatida 28 nafar,
  • Namangan viloyatida 30 nafar,
  • Samarqand viloyatida 177 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 42 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 91 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 86 nafar,
  • Xorazm viloyatida 24 nafar,
  • Toshkent viloyatida 87 nafar,
  • Toshkent shahrida 123 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 135228 (+921) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 970 nafarni tashkil qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring