Katta Farg‘ona kanalidan topilgan avtomashina ichidan ikkita jasad chiqdi

Katta Farg‘ona kanalining Shahrixon tumanidan oqib o‘tgan qismidan topilgan mashina ichidan ikkita inson jasadi topildi.  Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga  ma’lum qilishicha,  jasadlar mahalliy fuqarolar - 25 yoshli yigit va 45 yashar ayol ekani aniqlangan,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Shu  yilning 31-iyul kuni Shahrixon tumani, Qayrag‘ochguzar mahallasida yashovchi fuqaro O.G‘. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, bir hafta burun  turmush o‘rtog‘i  o‘rtog‘i T.A. o‘zining boshqaruvidagi «Moskvich»da  qovun olib kelish  uchun  chiqib ketganicha daragi  bo‘lmaganini aytib, amaliy yordam so‘raydi. Ushbu holat bo‘yicha o‘sha kuniyoq  Shahrixon tuman prokurori tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

E’tiborlisi,  xuddi shu sanada tumanning Qorako‘rpa mahallasida istiqomat qiluvchi M.I. ham tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, U 45 yoshli onasi T.D. 23-iyul kuni kechga yaqin hech bir sababsiz  uyidan chiqib ketib, qaytib kelmaganini bildirgan.

Реклама на Unews

Foto: Bosh prokuratura

Har ikki holat bo‘yicha  to‘plangan ish hujjatlari bitta jinoyat ishiga birlashtirilib, o‘tkazilgan tezkor-tergov harkatlari  natijasida  5-avgust kuni T.A. boshqaruvidagi avtomashina Katta Farg‘ona kanalining Shahrixon tumani, Begbachcha MFY o‘ramidan oqib o‘tgan qismidan topilgan.

Реклама на Unews

Avtomashina ko‘zdan kechirilganida, uning ichida T.A. va T.D.ning jasadlari topildi. Marhumlarni ularning yaqinlari tanib olgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra,  T.A. va T.D.ning tanasi hamda ichki a’zolarida suvda chirish alomatlari mavjudligi, o‘lim holati esa suvga cho‘kish natijasida kelib chiqanligini bayon qilingan», deyiladi Bosh prokuratura malumotnomasida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring