Kasallanganlar, tuzalganlar, vafot etgan va emlanganlar... O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq so`nggi vaziyat

2022 yil 24 fevral holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 236 036 (+156) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:

-5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

Реклама на Unews

-5 nafari Andijon viloyatida,

-5 nafari Buxoro viloyatida,

-2 nafari Jizzax viloyatida,

Реклама на Unews

-4 nafari Namangan viloyatida,

-23 nafari Samarqand viloyatida,

-4 nafari Sirdaryo viloyatida,

-8 nafari Surxondaryo viloyatida,

-7 nafari Farg`ona viloyatida,

-2 nafari Xorazm viloyatida,

-33 nafari Toshkent viloyatida,

-58 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 231546 (+514) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1628 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 26 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlash ko`rsatkichlari ham ma`lum qilindi. 

Unga ko`ra, 24 fevral mamlakatimiz hududlari bo`ylab 130 763  doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

- 1-bosqich emlanganlar 9 723 nafarni,  

- 2-bosqich emlanganlar 35 403 nafarni,

- 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 85 637  nafarni tashkil qildi.

 Ayni kungacha mamlakatimizda jami  45 513 118 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

- 1-bosqich emlanganlar 19 663 178 nafarni,  

- 2-bosqichda emlanganlar 15 356 638 nafarni,

- 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 10 493 302 nafarni tashkil qildi.  

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

-Toshkent viloyati (23 031  doza),

-Andijon viloyati (16 390  doza),  

-Qashqadaryo viloyati (12 061  doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 91,6 foizga,  to`liq vaksina kursini olganlar esa 72 foizga etgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring