BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi

2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi. 

  Oʻzbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir.

Qaror bilan isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar roʻyxati tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urugʻlik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi.

2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.

Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak

Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi

«Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Alisher Usmonov ulkan hayriyalarga qaramasdan yana eng boy odamlar o'ntaligida! Uning boyligi qancha? Rossiyalik tadbirkorlar Alisher Usmonov, Mixail Fridman va Roman Abramovich Sunday Times britan nashri reytingiga ko‘ra, navbatdagi marotaba Britaniyaning eng boy odamlari qatoridan joy oldi. Jumladan, Alisher Usmonov joriy reytingda o‘z pozisiyasini bir pog‘onaga yaxshilab, 2019 yildagi 8-o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tarilgan. Uning boyligi 11,68 mlrd funt sterlingga baholangan. Biznesmenning o‘tgan yilda boyligi 11,399 mlrd funt sterlingga baholangandi. Nashrda ta’kidlanishicha, Usmonov joriy yilda Rossiyaga koronavirusga qarshi kurash uchun 118 mln funt sterling bergan.  Shuningdek, yana bir rossiyalik tadbirkor, “Alfa-grupp” asoschisi Mixail Fridman reytingning 11-o‘rnidan joy olgan. Uning boyligi 10,23 mlrd funt sterlingga baholangan. Millhouse investisiya kompaniyasining asosiy egasi Roman Abramovich joriy reytingda o‘tgan yildagi 9-o‘rindan 12-o‘ringa tushib ketgan. Nashrning baholashicha, uning boyligi 10,16 mlrd funt sterlingga teng.    Joriy reyting yetakchilari britaniyalik tadbirkor, ixtirochi, Dyson kompaniyasi asoschisi Jeyms Dayson va uning oilasi bo‘lgan. Biznesmenning boyligi 16,2 mlrd funt sterlingga baholangan.  2-o‘rinni Hinduja Group kompaniyasi egalari aka-uka Shri va Gopi Hinduya va Trans World Group kompaniyasi asoschilari aka-uka Devid va Saymon Ruben egallagan. Ikkala aka-ukalarning boyligi 16 mlrd funt sterlingga baholangan.  Shuningdek, reytingning yuqori o‘ntaligidan biznesmen Leonard Blavatnik, INEOS kimyo konserni egasi Jim Retkliff, , Vestminster gersogi Xyu Grovenor ham joy olgan. Nashr ekspertlari koronavirus pandemiyasining eng boy britaniyaliklarga ta’sirini ham o‘rganib chiqishgan. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, Britaniyaning eng boy odamlari pandemiya sababli 2 oy ichida 54 mlrd funt sterling yo‘qotgan. Ba’zi tadbirkorlar, jumladan 20 milliarder, pandemiya sababli o‘z xodimlarini haq to‘lanmaydigan ta’tilga jo‘natgan. Biroq nashrning yozishicha, pandemiyaning salbiy oqibatlari moliyaviy sohada endi boshlanmoqda. Ta’kidlanishicha, Britaniyaning eng boy ming kishisining umumiy boyligi 743 mlrd funt sterlingni tashkil qilmoqda. Bu esa 2019 yilga nisbatan 29 mlrd funt sterling kamroq. 

Fikr qoldiring