Karantinda narxlarni oshirib olgan dorixonalarga nisbatan ta`sir choralari mavjudmi?

Bugun AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda  aholidan kelgan ushbu savolga quyidagicha javob berildi: 

" O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-2647-sonli qarorda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini:

ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan;

Реклама на Unews

chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo`lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo`llanilgan holda sotishlari belgilangan. Shuningdek, ushbu qoidalar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son qarorida ham belgilab ketilgan. 

Dorixonalarda narxlarning keskin oshib ketishida yuqoridagi qoidalarning buzilishi aniqlanganida ushbu holat savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish, deya baholanadi hamda O`zbekiston Respublikasi  Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi", 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring