BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Karantin yaqin orada tugamasligi mumkinmi?

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Yaqinda Prezidentimizning ommaviy axborot vositalarida chiqishlarida, balkim, karantin sharoitida ishlashga o‘rganishimiz ham kerakdir degan fikrlarini eshitib qoldim. Karantin yaqin orada tugamasligi mumkinmi?

Biz koronavirus pandemiyasi qachongacha davom etishini aniq bilmaymiz, hech kim va hech qanday davlat bu savolga aniq javob bera olmayapti.

Shunday ekan, karantin tufayli korxona va tashkilotlarning faoliyatini butunlay to‘xtatib qo‘yish va epidemik vaziyat barqarorlashuvini kutib o‘tirish jiddiy iqtisodiy inqirozlarga olib kelishi mumkin.

Demak, koronavirus kasalligi bo‘yicha global pandemiyaning salbiy oqibatlari chuqurlashib ketishining oldini olish uchun tashkilot va muassasalarning sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda epidemiyaga qarshi tadbirlarni to‘liq bajarib, faoliyat yuritishlariga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi kerak bo‘ladi.

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 62-oilaviy poliklinika nima uchun yopildi?

“Garri Potter” eng boylardan iborat top-10 talikka kirdi

Ozodbek Nazarbekov o‘zbek tili haqida gapirgan Rossiya rasmiysiga javob qaytardi!

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Samarqandda yana ko‘p nafar koronavirusga chalingan bemorlar sog‘aydi Samarqand viloyatda 24 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun,18 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. “Samarqand viloyatida navbatdagi 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning 20 nafari Samarqand viloyatidan (5 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, Payariq, Samarqand, Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlaridan 2 nafardan), qolgan 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan. Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 10 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi esa 8 yoshda. Ma’lumot uchun, viloyatda shu paytga qadar 154 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 175 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2275 nafarni tashkil qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha koronavirus yuqtirganlar soni 2762 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 12 nafari vafot etgan. Karantin yaqin orada tugamasligi mumkinmi? Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 62-oilaviy poliklinika nima uchun yopildi? “Garri Potter” eng boylardan iborat top-10 talikka kirdi Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring