Karantin paytida kommunal xizmatlar qarzdorligi uchun penya, jarima hisoblash va sudga berish to`xtatilgan

Bugun AOKA zalida «Kommunal xizmatlar tariflarida narx shakllanishi mexanizmlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik» mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Unda ishtirok etgan Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri o`rinbosari G`ofurjon Jamolovning so`zlariga ko`ra, karantin davrida ko`rsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlik yuzaga kelganda penya hamda jarima hisoblash, shuningdek, sudga berish to`xtatilgan.

Avariya holatlarida 450 marta uzilish kuzatildi.

Реклама на Unews

«Hududiy elelktr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Ro`ziqul Raimov pandemiya sharoitida elektr bilan uzluksiz ta`minlashni tashkil qilish uchun 500 dan ortiq qo`shimcha brigadalar tashkil qilingani, 1 smenalik joylarda 2 smena ish tartibi joriy qilinganini aytdi.

«O`tgan yil 30 mlrd kilovatt soat energiya  etkazib bergan bo`lsak, bu yil bu ko`rsatkich 35 mlrd ga etdi, — dedi Ro`ziqul Raimov. —  Toshkent shahrida elektr energiyasi iste`moli 24 mln kilovatt soatga oshib ketdi.Ta`riflar 2019 yil 15 avgustdan beri o`zgarmadi. Kuz-qish mavsumiga yaxshi tayyorlanish uchun 160 ta qo`shimcha texnika sotib olindi».

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring