JSST mutaxassislari ishni Uxanning o‘zidan boshlaydi

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari koronavirus infeksiyasining sabablarini o‘rganish uchun joriy yilning 14 yanvar kuni Xitoyga tashrif buyurishi haqida xabar bergandik, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, JSST mutaxassislari koronavirus manbasini, u birinchi marta aniqlangan Uxan shahridan izlashni boshlaydi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan aytgan.

"Hozirgi rejamizga ko‘ra, ular 14 yanvar kuni Singapurdan Uxanga uchishadi, agar qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lsa, Xitoy uni hamma bilan baham ko‘rishga tayyor", degan Chjao Litszyan. 

Реклама на Unews

JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus koronavirusni o‘rganish uchun Xitoyga safar uyushtirilayotganidan xursandligini bildirgan. 

Qayd etilishicha, JSST ekspert guruhiga Rossiya, AQSH, Vetnam, Buyuk Britaniya, Sudan, Qatar, Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya va Yaponiya olimlari kiradi. 

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus ilk marta 2019 yilning 17 noyabrida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan. U odamlarga ko‘rshapalaklardan o‘tishi mumkin deb taxmin qilingan, ammo qaysi hayvon virusni yuqtirishda ko‘rshapalaklar va odamlar o‘rtasida vositachiga aylangani noma’lum.

Реклама на Unews

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 91 mlndan oshgan. 1 mln 955 mingdan ko‘p bemor vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring