JSST ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston havo ifloslanishidan o`lim darajasi bo`yicha dunyoda uchinchi o`rinda. Ifloslanish esa yildan yilga yomonlashmoqda

AQShning Toshkentdagi elchixonasida o`rnatilgan moslama ma`lumotlariga ko`ra, shahar havosi tobora ifloslanib boryapti. 

Hozirgacha AQSh Davlat departamenti havo sifatini o`lchash va uni monitoring qilish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar ishlab chiqish doirasida dunyo bo`ylab 50 dan ziyod AQSh elchixonalari va konsulliklarida havo sifati monitorlarini o`rnatgan.

Jumladan, 2018 yil may oyida Toshkentda ham havo sifati monitori o`rnatilgan bo`lib, har soat havo sifatini tekshiradi va ma`lumotlarni www.aqicn.org sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoni bor. 

Реклама на Unews

Mazkur saytdagi ma`lumoiga ko`ra, 2021 yilga kelib Toshkent havosining sifati oldingi yillarga nisbatan pasaygan.
Xususan, HSI klassifikasiyasiga asoslangan “yashil” kunlar soni keskin kamayib, 2021 yil 22 noyabr holatiga ko`ra 2021 yilda atigi 23 kunni tashkil qilgan.

Bu ko`rsatkich qo`shni mamlakat poytaxt shaharlariga taqqoslaganda Toshkent shahrida juda past. Tojikiston poytaxti Dushanbe va Afg`oniston poytaxti Kobulda mazkur ko`rsatkich Toshkentdagi bilan deyarli bir xil. Ammo Toshkentning shimol va shimoli-g`arbida joylashgan Turkmaniston poytaxti Ashxobot, Qozog`iston poytaxti Nur-Sulton va Qirg`iziston poytaxti Bishkek shaharlari deyarli bir xil mintaqaviy iqlimga mansub bo`lishiga qaramay, havoning sifati poytaxtimizdagiga nisbatan bir necha barobar yuqoriroq.

Avvalroq  O`zbekiston atmosferasida havodagi chang miqdori belgilanganidan besh barobarga ortgani va respublikaning havosi eng iflos hududlari ro`yxati e`lon qilingani haqida xabar berilgandi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring