JSST koronavirusga qarshi yagona samarali vositani e`lon qildi

JSST koronavirusga qarshi yagona samarali vositani e`lon qildi. Bu haqda "Koronavirus Info" xabar berdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesusning so`zlariga ko`ra, hozircha faqat deksametazon COVID-19ning og`ir shaklida o`z samaradorligini ko`rsatmoqda.

JSST bosh direktori dorilar samaradorligini keng qamrovli o`rganish natijasida tashkilot gidroksixloroxinni sinashni to`xtatish zarur degan xulosaga kelganini eslatib qo`ydi. Keyin esa bemorlar endi lopinavir va ritonavir olmasligini ma`lum qildi.

Реклама на Unews

«Mazkur tadqiqotning oraliq natijalari endi shuni ko`rsatmoqdaki, boshqa ikkita vosita — remdesivir va interferon — shifoxonada bo`lish vaqtini kamaytirish yoki o`limni bartaraf etishda kam samara bermoqda», — dedi Gebreyesus.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring