JSST koronavirus bo‘yicha yana bir yaxshi yangilik aytdi

Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni kasallik yuqtirganlar sonidan oshib ketdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashei.

"Jahon miqyosida emlanganlar soni qayd etilgan infeksiyalar sonidan oshib ketdi", degan Gebreyesus. 

Uning ta’kidlashicha, bu yaxshi yangilik bo‘lsa-da, vaksina bilan emlashning to‘rtdan uch qismi 10 ta mamlakatda amalga oshirilgan. 

Реклама на Unews

JSST rahbari 2,5 milliard odam yashaydigan 130 ga yaqin mamlakat hatto vaksinaning birinchi dozasini ham olmaganini ta’kidlagan. 

Avvalroq, ketma-ket uchinchi hafta davomida butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni kamaygani aytilgandi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring