JSST: "200 ga yaqin vaksina bor va ulardan 15 tasi odamlarda sinab ko‘rilmoqda"

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktor o‘rinbosari Sumiya Svaminatan dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksinalar sonini ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«Ixtiyorimizda turli sinov bosqichlarida bo‘lgan 200 ga yaqin vaksina borligi yaxshi yangilik. Ulardan 15 tasi odamlarda sinab ko‘rilmoqda», — deya uning so‘zlarini keltirgan «The Indian Express».

Ta’kidlanishicha, tashkilot koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun 12 oydan 18 oygacha vaqt sarflaydi. Svaminatanning so‘zlariga ko‘ra, bu aqlga sig‘maydi, negaki, odatda in’eksiya ishlab chiqarish uchun taxminan 10 yil vaqt kerak bo‘ladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring