Jonli ijroda o‘tkazilgan konsertlar uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi

Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston prezidentining farmoni imzolandi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Farmonga muvofiq, Madaniyat vazirligi va boshqa davlat organlari tomonidan davlat tadbirlari va boshqa tadbirlarga ijodkorlar va ijrochilarning jamoatchilik asosida jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalk ta’limi vazirligi 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan chop etilishini va ularning ta’lim muassasalariga to‘liq yetkazilishini ta’minlaydi.

Реклама на Unews

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etiladi. 

Qayd etilishicha, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tashkil etiladi.

Palata faoliyatining dastlabki bosqichlarida uni qo‘llab-quvvatlash uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘m ajratiladi.

Реклама на Unews

COVID-19 ga qarshi "umid" qilingan dorilardan birining sinovi to'xtatildi!

O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish 50 tonnaga yetkaziladi

Jazirama davom etadi: O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring