Jizzaxda ishlab chiqariladigan KIA avtomobillarining narxi ma'lum qilindi

Avvalroq Jizzax erkin iqtisodiy zonasidagi ADM-Jizzakh zavodida KIA avtomobillari ishlab chiqarilishi haqida yozgan edik. U yerda kompaniyaning Seltos va K5 modellari yig‘iladi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri. 

Zavod yiliga 100 ming donagacha avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Xususan, shu yil noyabr oyidan boshlab zavodda KIA K5 va KIA Seltos modellari ishlab chiqarila boshlanadi. Ushbu avtomobillar MDKh davlatlariga ham eksport qilinadi.

Kia tomonidan O’zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillarning narxi e’lon qilindi. Unga ko’ra, krossover Seltos uchta komplektatsiyada ishlab chiqarilishi belgilandi.

— Luxe — 229 900 000 so’mdan;
— Style —252 90 000 so’mdan;
— Prestige — 279 900 000 so’mdan.

Sedan K5 esa 5 ta komplektatsiyada ishlab chiqariladi.

— Comfort — 249 900 000 so’mdan;
— Luxe — 269 900 000 so’mdan;
— Prestige — 293 900 000 so’mdan;
— Style — 343 900 000 so’mdan;
— GT Line — 369 900 000 so’mdan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


3 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 01-10-2020 Orzu

    369 milionga bitta kia olgandan koʻra ikta malubu mingan yaxshimasmi 😎

    Javob yozish
  2. 30-09-2020 Анонимус

    Бу машиналарни урта катлам вакиллари хам ололмаса керак, хеч машинадан ёлчимади узбегим.

    Javob yozish
  3. 30-09-2020 Anonym

    Qattan ovoti bula bunaqa narxlani

    Javob yozish
    • 30-09-2020 NICKNAME9912

      Namuncha arzon malibu kaptiva olgandan kia zoru

    • 30-09-2020 Dondi

      Bizga yetib kegungacha ancha yo'l bosib kelarkande 😉

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish