Jizzaxda ayollar sumkasidan 220 million so‘mlik tilla o‘g‘irlandi

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.X. ichki ishlar organlariga murojaat qildi.

U arizasida Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan do‘konidagi ayollar sumkasida bo‘lgan 220 million so‘mlik 29 juft tilla zirak, 20 dona tilla uzuk, 6 dona tilla zanjir va 2 dona kulon o‘g‘irlanganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi 3-mavzeda yashovchi, turmushidan ajrashgan M.B. tomonidan sodir etilgani aniqlangani.

Реклама на Unews

Taqinchoqlarning barchasi gumonlanuvchidan hujjatlashtirib olingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring