Jizzaxda ayol erini pichoqlab o`ldirdi(video)

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida er-xotin o`rtasida sodir bo`lgan janjal qotillik bilan yakun topdi. 

 

Viloyat IIB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, jinoyat 22 iyun kuni 21:00 larda sodir bo`lgan. Tumanning "Uzunqishloq" MFYdagi xonadonlarning birida ijrada yashayotgan er-xotinning o`zaro gap talashib, tortishishi qotillik bilan tugadi. Janjalda 50 yoshli ayol jahl ustida oshxona pichog`i bilan turmush o`rtog`ining qorin qismiga bir marotaba urgan.

 
 

Oqibatda jabrlanuvchi hayot uchun xavfli bo`lgan tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Biroq ko`rsatilgan yordamga qaramay, erkak 10 kundan so`ng vafot etgan. Ta`kidlanishicha, gumonlanuvchi oldin ham qonunni buzgani uchun jazolangan.

Реклама на Unews

Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-modda (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring