Jizzaxda 3 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH: Haydovchi va yo‘lovchi mashina ichida yonib ketdi (+foto)

2020 yilning 09 sentyabr kuni soat taxminan 18:30 da Sharof Rashidov tumani Xayrobod MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘li “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishining 997 kilometrida “Lacetti” rusumli avtomashina katta tezlikda harakatlanib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan boshqa bir “Lacetti” rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga urilib, yo‘lni bo‘lib turgan beton to‘siqni buzib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Kia” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. 

IIV huzuridagi Tergov departamentining birlamchi ma’lumotlariga ko‘ra, katta tezlikda harakatlanib kelgan “Lacetti” avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan, avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi hodisa joyda vafot etgan.

Реклама на Unews

Qolgan 3 nafar yo‘lovchilar tibbiy muassasasiga yotqizilgan, ikkinchi “Lacetti” rusumli avtomashina yo‘l chetida ag‘darilib ketgan, avtomashinada bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchi tan jarohatlari olmagan, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelgan “Kia” yuk avtomashina haydovchisi ham tan jarohatlari olmagan.

Реклама на Unews

Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring