Jizzaxda 2,5 mingdan ortiq arxiv hujjatlari «makulatura»ga topshirib yuborilgani aniqlandi

Joriy yilning 7 may kuni Jizzax viloyati davlat arxivi saqlovidagi hujjatlar yo`qolganligi aniqlangan. Bu haqda «O`zarxiv» agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Jizzax viloyati davlat arxivi saqlovida bo`lgan hujjatlaridan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan va tezkor qidiruv ishlari natijasida 2 660 s.b. hujjatlar Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida joylashgan ikkilamchi qog`oz chiqindilarini to`plash, tayyorlash va qayta ishlash maskanidan qaytarib olib kelingan.

 

Hozirda, Jizzax viloyati davlat arxivida navbatdan tashqari arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini to`liq tekshirishni amalga oshirilmoqda. Shuningdek, arxiv binosining video kuzatuv kameralari ishchi holatiga keltirildi.

Реклама на Unews

Bulardan tashqari, mazkur holat bo`yicha, “O`zarxiv” agentligining Ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyati davlat arxivida xizmat tekshiruv o`tkazildi. O`rganish natijalari bo`yicha to`plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Jizzax viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Mazkur holat bo`yicha, Jizzax viloyati prokuraturasi va Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tomonidan tekshirishlar olib borilmoqda. Ushbu holat bo`yicha qo`shimcha tafsilotlar Agentlik tomonidan taqdim etib boriladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring