Jinoyat zanjiri: Andijonda 4 kishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon. 2020 yilning 14 avgust kuni soat 18:00 da Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2020” tadbiri davomida, Andijon shahar, Madaniyat MFY Boburshoh ko‘chasida joylashgan “Ulfatlar” choyxonasini ro‘parasida 20 yoshli Javohir A., 0,81 gramm tarkibida “tetrogidrokanabinol” giyohvand vositasini saqlovchi “gashish” giyohvand moddasini 500.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Shundan so‘ng, Javohir A., ushbu moddani fuqaro 35 yoshli Nodirbek A.,dan 250.000 so‘mga sotib olganligini ma’lum qilgan. Uni ko‘rsatmasiga asosan Nodirbek A., o‘zining “Spark” rusumli avtomashinasini Andijon shahar Lermontov ko‘chasida boshqarib ketayotganida to‘xtatilib, avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, oldi chap tomon eshigini ichki cho‘ntagida turgan “Wilston” sigaret qutisiga solingan 1,15 gramm, avtomashinaning o‘ng oldi tomon oyoq qo‘yish joyidan 1,92 gramm “gashish” giyohvand moddasi va uning yonidan tadbirda foydalangan raqamlangan 5000 so‘mlik kupyuradagi pullardan 2 donasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Fuqaro Nodirbek A., esa ushbu moddani tanishi 39 yoshli Abdusalom M.,dan 365.000 so‘mga sotib olganligini ma’lum qilgach, tadbir davom ettirilib, fuqaro Abdusalom M.,ni kiyimlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uni shimining oldi o‘ng cho‘ntagiga solingan “Kent” sigaret qutisi ichidan polietilen paketga o‘ralgan 0,22 gramm va chap oyog‘iga yopishtirilgan polietilen parchasiga o‘ralgan 1,02 gramm “gashish” giyohvand vositasi aniqlanib, kelgusida tekshirib ko‘rishlik uchun olingan.

Реклама на Unews

So‘ngra Abdusalom M.,dan ushbu giyohvand moddalarini kimdan olganligi so‘ralganida, Javohir A.,dan, Nodirbek A.,ning avtomashinasidan va uning yonidan olingan jami 5.12 gramm ko‘p miqdordagi “gashish” giyohvand moddasini fuqaro 54 yoshli Dil’murat A.,dan jami 1.025.000 so‘m pullarga sotib olganligini ma’lum qilgan. Uni ushbu ko‘rsatmasiga asosan fuqaro Dilmurod A,ni yashab kelayotgan Andijon shahar Oxunboboyev ko‘chasida uyini oldida to‘xtatib, kiyim boshlari ko‘zdan kechirilganida, yonida jami 553.000 so‘m pullari borligi, ushbu pullar orasida tadbirda foydalangan raqamlangan 5000 so‘m kupyuradagi pullardan 2 donasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur jinoyat ishi Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Javohir A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan, Nodirbek A., va  Abdusalom M.,larga nisbatan JKning 273-moddasi  3-qismi “b” bandi bilan va Dilmurod A.,ga nisbatan JKning 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida yuqoridagi shaxslarning barchasiga JKning tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Реклама на Unews

2020 yilning 17 noyabr kuni jinoyat ishi bo‘yicha JPKning 379-380-moddalariga asosan ayblov xulosasi tuzilib, tegishli sud muxokamasiga yuborilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring