JCh-2021. Belgiyalik bokschi Shohjahon Abdullaevni nokautga uchratdi
2165 27-10-2021 0 SportXabaringiz bor, ayni kundarda Belgrad (Serbiya) shahrida boks bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tmoqda.
Bugun, -86 kg vazn toifada bokschimiz Shohjahon Abdullaev ringga ko`tarildi.
Abdullaev mazkur vazndagi ilk jangida belgiyalik bokschiga qarshi o`tkazdi va imkoniyatni boy berib qo`ydi. Viktor Shelstritga qarshi ikkinchi raundning oxirida Abdullaev kutilmagan og`ir zarbani o`tkazib yubordi va nokautga uchradi.
Реклама на Unews
Shu tariqa, Shohjahon Abdullaev musobaqani muddatidan oldin tark etdi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Hasanboy Do`stmatov raqibiga imkoniyatni boy berib qo`ygani haqida yozgandik.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.