Jazo muddatini o`tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan uchrashish vaqti uzaytirildi

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha,  koronavirus infeksiyasi kasalligi alomatlari jazo muddatini o`tayotgan shaxslar va ularning yaqinlaridan aniqlanmaganligini inobatga olib, uchrashuvlarni uch sutkaga uzaytirish belgilandi.

Xabarda aytilishicha, karantin qoidalariga qat`iy rioya etgan holda, haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari uzoq muddatli uchrashuv berish tavsiya etiladi.

Shuningdek, jazo muddatini o`tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (shu jumladan 6 yoshdan oshgan farzandlari) uchrashuvga 48 soatdan ko`p bo`lmagan muddat oralig`ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo`qligini tasdiqlovchi ma`lumotnoma bilan kelishlari talab etiladi.

Реклама на Unews

Eslatib o`tamiz, 2020 yilning 14 noyabr kunidan jazoni ijro etish koloniyalarda jazo muddatini o`tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan, karantin talablariga qat`iy rioya qilgan holda, faqatgina bir sutka davomida uzoq muddatli uchrashuv berilishi yo`lga qo`yilgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring