BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Janubiy Koreyada ichsa bo‘ladigan antiseptik tobora ommalashmoqda

Janubiy Koreyada nafaqat qo‘llarni dezinfeksiya qiluvchi, balki ichish ham mumkin bo‘lgan sanitayzer tobora ommalashmoqda.

Mahalliy nashr xabariga ko‘ra, bir necha yil oldin ishlab chiqilgan ushbu vosita koronavirus pandemiyasi sabab mashhur bo‘lib ketgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu dezinfeksiyalovchi vosita zavodda ishlab chiqariladi. Uning boshqa analoglardan farqi tarkibida alkogol mavjud emasligi. Bundan tashqari, ushbu suyuqlikni ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, bemalol ichish mumkin.

Uni ta’tib ko‘rgan insonning so‘zlariga qaraganda, suyuqlikka limon kabi nordon ta’m qo‘shilgan. Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishlaricha, ushbu vodorod oinli suv 10 soniya ichida barcha turdagi bakteriyalar va viruslarning 99,9 foizini yo‘q qila oladi.

“Ionlangan vodorod kuchli antioksidant rolini o‘ynaydi. Bu yallig‘lanishni yumshatadi yoki shifobaxsh ta’sirga ega. Issiqni tushiruvchi yoki boshqa dori buyurilmagan koronavirusga chalingan bemorga bizning suvimiz berilganda uning harorati pasaydi. Shu bois endilikda u bilan bog‘liq klinik sinovlarni o‘tkazish niyatidamiz”, deydi kompaniya prezidenti Sol San Jun.

Koronavirusning eng xavfli jihati ma’lum qilindi! Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali. Professorning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur. Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi. Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi. Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim. O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi. Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma’lum qilishgandi. Ularning ta’kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

Fikr qoldiring