"Janjal kattalashmoqda!": «Men chala erkaklarning koʻrsatuviga bormayman». Luiza Rasulova jurnalist Sardor Komilovga javob qaytardi!

Jurnalist Sardor Komilov 30 dekabr kuni oʻzining Telegram kanalida bir aktrisa bilan boʻlib oʻtgan voqea haqida gapirib, post qoldirdi. Luiza Rasulova mazkur post unga atalganligini aytib, oʻzining Instagram sahifasiga ushbu postga javob tarzda olingan videoni joyladi.

Sardor Komilov aktrisa bilan sodir boʻlgan voqeani yozib, quyidagicha post qoldirgan:

«Kuni kecha suratga olish jarayonida bir aktrisa bilan toʻqnash keldim. Salom alikdan soʻng, mendan xafaligini aytib, shunday bir negativ bilan oʻsha yerdagi ommaga yemagan rol oʻynab kettiki, xayratda qoldim. Emishki, oxirgi paytlar uni shaxsan men emas, meni yordamchilarim sʼyomkaga yo koʻrsatuvga chaqirayotgani tegib ketibdi. ʼXa, shuncha paytdan beri doim yordamchilarim qoʻngʻiroq qilib chaqiradiku, xamma u yordamchilarim bilan mendanam yaqinkuʼ desam, ovozini balandlatib, yoʻq sen meni Instagramʼda ʼotpiskaʼ qilding va bunga sabab bir xonanda bilan chiqishmaganim deydimiyey… Ketidan boshqa nereal sababni roʻkach qila ketdi, emishki soʻnggi paytlar ayollar mavzusini koʻtarib tanqid qilayotgan ekanman… Bir yarim yildan beri telekanalda boʻlsam va saytda deyarli umuman ijod qilmayotgan boʻlsam deb, ayollarni mavzusi bu ʼBaxtlimizʼ koʻrsatuvimi, shu ayollar loyixam kanalda desam xiringlab, yoʻq sen ayollarni tinch qoʻymaganingdan xamma aktrisalar sen bilan gaplashmay qoʻydi deydi deng!».

Реклама на Unews

Shuningdek, u aktrisani keskin tanqid qilib, Dilnoza Kubayeva, Sitora Farmonova, Lola Eltoyeva, Sevara Soliyeva, Madina Mumtoz, Asal Shodiyeva, Yulduz Rajabova kabi aktrisalarni unga oʻrnak qilib koʻrsatgan:

«Kim gaplashmay qoʻydi, mana Dilnoza Kubayeva bilan biror martta san va manga bormadim, mana myuziklda xam ishlayapmiz desam vo-xo-xo-lab isterik kulgu qilib berdi xolos. Xoʻp, aktrisalar gaplashmay qoʻyibdimi?

Gaplashayotganlarimga eʼtibor beraylik avval:

Реклама на Unews

Dilnoza Kubayeva, Sitora Farmonova, Lola Eltoyeva, Sevara Soliyeva, Madina Mumtoz, Asal Shodiyeva, Yulduz Rajabova… Cyen va sencifatlar kabi kimlarnidir qoʻynidan kimlalarnikigadir sakramagan, birovlar erlarini tortvomagan, toʻnqayib ketini kameraga koʻrsatib rasmga tushishi bilan aslida tanilmagan. Aytishadiyu, eng muximi va bori ʼna pokazʼ boʻladi deb, kimdir samimiy tabassumi, oʻsha tabiiy kulguchi, fayzli nigoxi, epizodlari va emotsiyalari bilan aziz. Yodda qolgan rollari bilan! Senlarchi? Qaysi bir roling bilan eslasharkin? Kecha yuruvding Chor-sudan arzon paralonni shiming ichiga amallab sigʻdirib va arzon fotoshopda suratga tushgan fongacha surkatib ketingni kattalashtirib. Shu-da oʻzi borliging! Shu sani kimliging va asosiyliging! Ayollar mavzusi kerakmidi senga? Mana endi xaqiqatdanam ol!

Aslida saytda ijod qilmay qoʻyganimdan senlar quturdilaring, shilta shiptir ishtonlaring bilan sasiganlaring yetmagandek endi boshlaringga kiyvordilaring! Unutmagin ey, oʻsha Sayyodman! San va san kabi internetni ʼQatortoliʼ yulduzilari xursand boʻlib, tirikchiligingni qilib turvur jimligimdan foydalanib. Mani senga qoʻngʻiroq qilmaganimmi, senlarni instada oʻqimasligimmi tegib ketmasin. Tekkizsam suyaging sinmagunicha qoʻymiman bilasanlar! Skvoznyagingni qisib, kerakli tirikchiligingga ishlatib turvur, poka shunga qodirligingcha.

Ertaga yodda qolganing, kameraga qaratgan narsang bilan eslashadi, seni xolatingda bu rol va emotsiya emas albatta, paralonli keting xolos! Shuning xam soxta qara! Yulduzlik oʻlchamingdayam oʻzligingdan koʻra yasama paralon zvezdaroq sendan. Men bilan gaplashmas aktrisalarni esa avval shaxsiga qara, na bir tayinli oilasi bor va na turmushi. Xuddi sen kabi! Vay, manga bu obroʻ-ku san va sansifatlar man bilan gaplashmasligi! Nari borsa yollangan kuyov uchun oq koʻylak kiyganlardir sen aytayotgan men bilan gaplashmas aktrisalar. Yuqorida men bilan gaplashadigan va faxr bilan yozgan aktrisalarni oilaviy axvolidan to rollariyu, xulqi va shaxs sifatida namuna ekani muxim!

Xamma aktrisalar sen bilan gaplashmay qoʻydi dema! Sen va sen kabi aktrisalar de, bu boshqa gap! Xalqni tupugi ostida qolingan aktrisalar! Chunki senlar kameraga nimaiki koʻrsatma tupukka arziydigan. Ayniqsa toʻnqayganlaringdan keyin. Baribir tupuk-da uyam toʻgʻrimi? shu seni oʻlchaming, narxing va borliging! Qisib yurgin oʻv, kalta! Ana endi rostdanam gaplashmayman, yordamchilarimni yordamchisiyam endi tel qilmaydi ishon!»

Aktrisa Luiza Rasulova esa mazkur postga shunday javob qaytargan:

«Assalomu alaykum, hurmatli Sardor aka. Bu murojaatim sizga toʻgʻridan toʻgʻri yetib boradi degan umiddaman. Sizga oʻxshab qalam orqasiga berkinib, yoki Instagramʼdan sherlik qilib, ayollar bilan urishib, ismimni hattoki yozmabsiz. Kimga tegishli ekanligi lekin menga yetib keldi. Men sizga toʻgʻridan-toʻgʻri ismingizni aytib murojaat qilyabman. Ichingizda shuncha dardingiz bor ekan, nima uchun oʻsha kuni meni koʻrib shuni aytmadinggiz. Nima uchun yuzimga aytmadingiz, qochib ketdingiz xotinlarga oʻxshab. Agar shu nomusimga tegadigan gaplaringizni yuzimga aytganingizda men tarsaki tushirar edim, solardim aylantirib. Nima uchun aytmadingiz, erkaksiz-ku toʻgʻrimi?».

Shuningdek, u boʻlib oʻtgan voqea haqida gapirib, Sardor Komilovdan nega hafa ekanligini maʼlum qilgan.

«Siz bilan anchadan buyon koʻrishmagan edik. Oʻtgan kuni koʻrsatuvga bordim va siz bilan koʻrishib qoldik. Xullas men sizdan hafa ekanligimni aytdim va sababini ham. Lekin shu kunga qadar kimgadir ʼmen sardor akadan hafaman. Sababi mana shunaqa, sardor aka shunaqa yomonʼ, deb yomonlab, kimnidir ketidan aytmaganman. Buni oʻzingiz ham bilasiz. Men mard ekanligim uchun yuzinggizga aytdim. Men sizga nima sababdan hafa ekanligimni aytdim. Chunki men bolaligimdan tanigan Sardor aka endi yoʻq dedim. Siz ʼnimagaʼ, deb kuldingiz. Men aytdim, chunki, hozirgi Sardor aka ayollarni latta-puttasi, gʻiybat bilan ish qilayotgan Sardor aka. Siz hayron boʻldingiz, oʻzingizni jinnilikka soldingiz. Lekin men haqiqatni aytdim. Haqiqatni aytganim uchun ham bu sizga juda ham tegib ketdi».

Bundan tashqari aktrisa Sardor Komilov ushbu gaplari uchun kerakli joyda javob berishini alohida taʼkidlab oʻtgan:

«Bir necha bor koʻrsatuvlarga, loyihalarga taklif qilishdi. Hoʻsh, men siz uchun hech kim ekanman nima uchun taklif qildingiz. Demak, loyihalaringiz menga zor ekanda. Lekin shu kungacha otkaz berib keldim. Sababi men chala erkaklarning koʻrsatuviga bormayman. Shunchalik yomon ekanman, sizni ham oʻzingizga yarasha tarixingiz bor. Siz manerengizni yoqoting, erkak boʻling! Haqiqiy erkak gapirsin menga! Ayol boʻlmang! Kerak boʻlsa tegishli joyda javob berasiz. Siz uchta harfsiz odamlar uchun, men uchun ham 3 ta harfsiz.

Qisib yurgin debsiz, qisib yurmayman. Hoxlasangiz isboti bilan. Qaytarib oʻtaman, kerakli joyda hammasi uchun javob berasiz! Shuncha yalindi yordamchilariz koʻrsatuvga chaqirib. Men bordimmi? Aslida siz men uchun bir tiyinsiz. Hoʻp men yomon ekanman. Lekin qachonlardir loyihalaringizda qatnashganlarimda Luiza yaxshi ediku, toʻgʻrimi? Endi yomon boʻlib qoldimmi? Ozoda Nuraidovaning proyektida siz menga singlim, boshlovchilik qilib bergin, oborib bergin shu loyihani deb aytganingizda men yoʻq deganmanmi? Sizdan pul soʻraganmanmi? Oʻsha vaqtda Luiza yaxshi edi, endi yomon boʻlib qoldimmi?», deydi aktrisa Luiza Rasulova.

 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring