BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Jaloliddinov: Shomurodov va O‘runov yevropaliklardan kuchsiz emas

Yozgi transferlar mavsumida “Bunyodkor”dan shov-shuvli tarzda “Lokomotiv”ga transfer qilingan Jasur Jaloliddinov ayni paytda “Tambov” futbolchisi hisoblanadi. Tambovliklar 18 yoshli futbolchimizni mavsum oxirigacha ijara olgan. Jasur yangi jamoasida ham premer-ligada debyut qilishgani ulgurgani yo‘q, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Hamyurtimiz jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berar ekan, faoliyatiga doir muhim ma’lumotlar haqida ham gapirdi:

- “Lokomotiv” bosh murabbiyi Marko Nikolich yaxshi mutaxassis va futbolchilar bilan qanday muloqot qilishni biladi. Buning ustiga u juda hissiyotli. Doim futbolda emotsiya muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi. Nikolich qo‘l ostida “Lokomotiv” standartlardan unumli foydalanyapti. “Temiryo‘lchilar” standartlardan gol urib, shunday vaziyatda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda. Meni “Lokomotiv”ga olinishimda ham Nikolichning hissasi katta bo‘lgan ekan.

- Bu qanday bo‘lgan?
- Menga bosh murabbiy qiziqayotganini aytishdi. O‘z navbatida, men uning yoshlar bilan ko‘p ishlaganini bildim va menga ham yordam berishiga ishonaman.

- Bu gaplarni Yuriy Belous aytganmi?
- Ha.

- U sizning kelishingizdan oldin “Jasur Joau Mariudan kuchli”, deb bayonot bergandi. O‘zingiz bunaqa taqdimotdan hayron bo‘lmadingizmi?
- Yuriy Viktorovichning gapi bo‘yicha uning o‘zidan so‘raganingiz ma’qul. O‘zimga kelsak, men Joau Mariu darajasiga yetishim uchun hali ko‘p mehnat qilishim kerak, deb hisoblayman. Chunki Yevropa chempionatida g‘olib chiqish har kimga ham nasib qilavermaydi.

- Ilya Gerkus Belousning gaplariga “O‘zbekiston Portugaliyadan qanchalik kuchli bo‘lsa, Jaloliddinov ham Mariudan shuncha kuchli”, degan istehzo bilan javob berdi. Bu sizga alam qilmadimi?
- Har kimning o‘z fikri bor. Bunaqa narsalarni izohlash mening ishim emas.

- Lekin osiyolik futbolchilar yevropaliklardan kuchsiz degan stereotip bor.
- Menimcha, individual taqqoslash kerak. Misol uchun, Eldor Shomurodov “Jenoa”ga, Oston O‘runov “Spartak”ga o‘tdi. Ular yaxshi o‘yinchimi? Albatta, shunday. Demak, O‘zbekiston futboli kuchaymoqda. Bu fikrlarni qirg‘izistonlik Axmetov va qozog‘istonlik Zaynutdinov haqida ham aytish mumkin. Bular yaxshi ko‘rsatkich, deb o‘ylayman.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring