Jahongir Ortiqxo‘jayev mol-mulki va daromadlari bo‘yicha deklaratsiya topshirib borishga tayyorligini ma’lum qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishlab chiqqan qonun loyihasida mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiladigan mansabdor shaxslarning barcha toifalari qamrab olingani, ularning orasida prezident va bosh vazir ham borligi ma’lum qilingan edi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Kun.uz Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Aksilkorrupsiya agentligi tayyorlagan qonun loyihasiga munosabati, basharti qonun kuchga kirgan taqdirda, mol-mulki va topayotgan daromadlari bo‘yicha har oyda deklaratsiya topshirib borishi yoki bormasligi bilan qiziqdi.

«O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash uchun qonunchilikdagi barcha talablar bajarilishi lozim. Qonunda belgilangan har bir talab albatta bajariladi. Bu rivojlangan davlatlarda sinovdan o‘tgan ijobiy amaliyot. Barchamiz mamlakatimizda ochiqlik, oshkoralik tamoyillariga to‘liq rioya qilishimiz zarur», – deya Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi O‘tkirbek Namozboyev hozirda ushbu loyiha kelishish uchun tegishli organlarga kiritilganini aytgan edi.

«Mansabdor shaxslarning barcha doirasi qamrab olingan. Hujjat qabul qilish vakolati bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar – quyidan tortib yuqorigacha bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasi qamrab olingan. Ya’ni prezident, bosh vazir... Umuman, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, respublika tashkilotlari, hokimliklar, sud, prokuratura – ularning barchasi biz tayyorlagan qonun loyihasida [mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilishi] nazarda tutilgan», – degan edi u.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring