Jahongir Ortiqxo‘jayev deputat va senatorlik daxlsizligini saqlab qolgan

Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt kengashi deputati va senatorlik lavozimini saqlab qoldi. Ortiqxo‘jayevning vakolat muddati 2025 yilning yanvarigacha amal qiladi.

Shuningdek, Ortiqxo‘jayev parlament yuqori palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Kengashning rahbarlar zaxirasini shakllantirish, tanlash, lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha komissiyasi a’zosi bo‘lib qolmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring