Jahonda koronavirusga chalinganlar soni 22 millionga yaqinlashdi.

Jahonda koronavirusga chalinganlar soni 18-avgust tongiga kelib 21,8 milliondan oshdi. 188 mamlakatda pandemiya hukm surmoqda. Jons Hopkins universiteti saytida berilgan so‘nggi ma’lumotlar bundan dalolat beradi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Dunyo bo‘yicha kovid kasallari soni 21 826 342 nafarga yetdi. Kasallar sonining sutkalik o‘sishi 212 ming nafarni tashkil etgan. Pandemiya davri qurbonlari soni 773 152 nafarga yetgan bo‘lsa, 13,8 million kishi kasallikni yengib o‘tgan.

SARS-CoV-2 virusidan eng ko‘p aziyat chekayotgan mamlakat — AQSh (kasallanganlar soni 5,4 million nafardan oshdi). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Braziliya (3,35 mln.) va Hindiston (2,6 mln). Eng ko‘p qurbonlar ham shu uch mamlakatda: AQSh — 170 mingdan ortiq, Braziliya — 108 ming, Hindiston — 51 ming.

Реклама на Unews

Yetakchi o‘nlikda, shuningdek, Rossiya, JAR, Peru, Meksika, Kolumbiya, Chili va Ispaniya joylashgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring