Iyul oyining so`nggi kunlari va avgustda ob-havo qanday bo`ladi?

Bosh sinoptik Irina Zayseva iyul oyining so`nggi kunlari va avgustda kuzatiladigan ob-havo bo`yicha ma`lumot berdi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Unga ko`ra, bugun O`zbekiston hududining katta qismida ob-havo quruq va kam bulutli, harorat 35-38 daraja.

Mamlakatimizning shimoli-g`arbiy hududlariga Volgabo`yidan nam va salqin havo oqimi kirdi. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ob-havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarga qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat 28-33 darajagacha pasayadi.

Реклама на Unews

Ertaga nam va salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qorqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga borib qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi.

Kunduzgi harorat 30-33 darajagacha pasayadi, Qurbon xayit bayrami kuni respublikamiz aholisini salqin havo kutmoqda.

1 avgustda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`irlar faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kuzatilishi mumkin, mamlakatimizning qolgan hududida yog`ingarchilik bo`lmaydi, harorat 30-33 daraja atrofida bo`ladi.

Реклама на Unews

2 avgustda respublikamizning katta qismida ob-havoning yana kam bulutli va quruq bo`lishi kutilmoqda, faqat ba`zi tog`li va tog`oldi hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Keyingi haftada ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi. Harorat asta ko`tariladi va yana 36-39 darajani tashkil qiladi.

Keyinchalik avgust harorati o`rtacha ko`p yillik qiymatlarga yaqin bo`lishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg`irlar asosan respublikaning tog`li va tog`oldi hududlarida kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo`lishi kutilmoqda. Oyning so`nggi o`n kunligida kunduzgi harorat 28-33 darajagacha pasayishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, avgust oyi O`zbekistonda yilning eng quruq oyi hisoblanadi.

Avgust oyida yog`ingarchilikli kunlar o`rtacha 1-2 kunni, Farhona vodiysi va tog`larda −3-6 kunni tashkil qiladi. O`rtacha yog`inlar miqlori mamlakatimiz hududining katta qismida 1-2 mm, ayrim joylarda 3-4 mm, tog`oldi va tog`larda 10-20 mm ni tashkil qiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring