Italiyada vaksina olmagan shifokorlar ishdan chetlashtirilmoqda

Italiyada qariyb 2000ga yaqin shifokorlar koronavirusga qarshi emlanmagani uchun ishdan chetlashtirildi. Bu haqda EFE Tibbiyot boshqarish milliy federasiyasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 1972 nafar shifokor ishdan chetlashtirilgan. Bu esa mamlakatdagi shifokorlarning umumiy sonining 0,4 foizini tashkil qiladi. 

Federasiya ma`lumotlariga ko`ra, Italiyada emlanmagan shifokorlar 7,2 foizgacha ko`tarilishi mumkin. Hukumat tibbiyot xodimlarining ishdan olinishi bo`yicha qaroridan keyin, besh kun ish vaqtida ular arizasini yozishlari yoki emlangani borasida hujjatni taqdim qilish imkoniyati bor. 

Реклама на Unews

Worldometer xabariga ko`ra, bugungi kunga qadar Italiyada 9,4 million kishi koronavirusni yuqtirib olgan, 142,5 ming bemor vafot etgan. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring