Italiya: Islomni tanlagan Silvia Romanodan millatchilar g‘azabda

Afrikalik jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan italiyalik ayol o‘z vatanidagi millatchilarning g‘azabini qo‘zg‘atdideb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.
Gumanitar xodim Silvia Romano bir yarim yil oldin Keniyaning janubi-sharqida o‘g‘irlab ketilgan. O‘g‘irlaganlar bilan uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan so‘ng, Turkiya maxsus xizmatlari yordamida 25 yoshli qiz asirlikdan ozod qilingani va yakshanba kuni Rimga uchib ketgani xabar qilingan edi.

Ozod qilingan asira vatandoshlari oldida keng yashil hijobda paydo bo‘lishi jamoatchilikni hayratda qoldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Afrikada Romano jangarilar bosimi ostida emas, balki o‘z xohish-irodasi bilan Islomni qabul qildi, deb xabar beradi The National. Italiya millatchilari bu haqiqatni jahl bilan qabul qildilar. O‘ng millatchi gazeta “Libero”ning direktori Vittorio Feltri ayolni "Stokgolm sindromi" va “terrorchi do‘stlarini moliyalashtirishda” aybladi.

Silviyaning o‘zi ayblovlar va taxminlarni qat’iyan rad etdi. Sobiq asiraning so‘zlariga ko‘ra, asirlikda bo‘lganida u Qur’on o‘qishni o‘rgatishini so‘ragan va keyinchalik Islomni qabul qilgan. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, qurolli odamlar unga insoniy munosabatda bo‘lgan va zo‘ravonlik qilmagan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring