Isroil aholisining yarmidan ko‘pi COVID-19ga qarshi emlangan birinchi mamlakat bo‘ldi

Isroil mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

 Bu haqda TASS o‘zining rasmiy ma’lumotlariga va ommaviy axborot vositalariga asoslangan hisob-kitoblariga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 8,9 million kishi yashovchi Isroilda 5,54 million fuqaro yoki aholining 62,42 foizi koronavirusga qarshi emlangan.

Реклама на Unews

Emlashlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Birlashgan Arab Amirliklari (44,79%), uchinchi o‘rinni Seyshel orollari (40,49%) egallagan.

Buyuk Britaniyada ushbu ko‘rsatkich 18,95 foizni, AQShda 12,84 foizni va Bahraynda esa 11,63% foizni tashkil etgan.

Vaksinani olganlar soni bo‘yicha (42 million kishi) Qo‘shma Shtatlar dunyoda yetakchilikni davom ettirmoqda. Ikkinchi o‘rinda Xitoy (31,2 million emlangan), uchinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (12,6 million) joylashgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring