Ispaniyada koronavirus qurbonlari uchun o`n kunlik motam e`lon qilindi

Motam rasman chorshanbadan boshlanadi, dedi Ispaniya vazirlar mahkamasi rasmiy vakili, moliya vaziri Mariya Xesus Montero. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

“Vazirlar kengashi bugun ertalab butun mamlakatda motam e`lon qilish bo`yicha deklarasiya qabul qildi. Motam 10 kun davom etadi. Barcha davlat binolarida hamda harbiy dengiz kuchlariga qarashli kemalarda bayroqlar tushiriladi“, — dedi Montero.

Bu Ispaniya tarixida eng uzoq davom etgan motam bo`ladi. Eng oxirgisi 2017 yil avgust oyida Barselona va Kambrilsda uyushtirilgan teraktdan keyin e`lon qilingan edi.

Реклама на Unews

Koronavirus epidemiyasi boshlangandan buyon Ispaniyada 26,8 ming kishi vafot etdi, koronavirusga chalinish bilan bog`liq jami 235 mingta holat aniqlangan.

“Biz shunchaki raqamlar haqida gapirmayapmiz. Gap karantin sharoitida hayot bilan vidolashgan fuqarolarimiz haqida bormoqda. Halok bo`lganlarning har biri o`zining hayot tarixiga ega edi. Ularning har o`ntasidan sakkiztasi 70 yoshdan oshgan. Ular Ispaniya taraqqiyotida muhim rol o`ynagan, ijtimoiy davlatning asoslarini yaratish uchun mehnat qilishgan“, — dedi Montero.

Xabarda aytilishicha, qurbon bo`lganlarning sharafiga qirol Felip VI boshchiligida xotira marosimlari uyushtiriladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring