BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Islom dinini qabul qilgan jahon yulduzlari (foto)

Shou-biznes vakillari va mashhurlar orasida ham dini va e’tiqodini o‘zgartirgan bu orqali hayotning ma’nosini topishga uringan va ko‘p boradagi qarashlari o‘zgarganlar ham yo‘q emas, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

Janet Jekson

Foto: Cosmopolitan

2017-yilning yanvarida farzandli bo‘lgan xonanda 2012-yilda 42 yashar qatarlik milliarder Vissam Al-Mana bilan turmush qurgan. Dunyoga kelgan farzandini juftlik Iso deb atagan. Ular turmush qurganidan buyon Vissam, Janetni islom dinini qabul qilishga undagan. Ijodkor rasman islom diniga o‘tishdan oldin, avvalgidan siporoq kiyingan. Ammo Janet Jekson farzandli bo‘lganidan uch oy o‘tib millioner eridan ajrashgan.

Mayk Tayson

Foto: Cosmopolitan

 

1991-yilda bokschi, “Amerikaning qora tanli go‘zali” maqomiga loyiq deb topilgan 18 yashar Dezira Vashingtonga tegajog‘lik qilishda ayblangan. Jeyms Duglas bilan jangda mag‘lubiyati sabab o‘zining professional omadsizligidan shundoq ham depressiyada bo‘lgan sportchi, qiz bilan bog‘liq sud jarayonlaridan keyin yana ham tushkunlikka tushgan.

Foto: Cosmopolitan

6 yilga ozodlikdan mahkum qilingan Tayson, 3 yil o‘tirib chiqqanidan keyin islom dinini qabul qilgan. “Qamoqdan chiqqanimda men vanna qabul qilishdan boshqa narsani xohlamaganman. Barcha jirkanchlikni yuvib yuborishni istaganman”, — degan Mayk.

Mariya Alalikina

Foto: Cosmopolitan

Rossiyaning “Fabrika” guruhi a’zosi Mariya, 2003-yilda o‘zini oilasiga bag‘ishlash uchun xonandalikni tashlagan. U yurist Aleksey Zuenko bilan turmush qurganidan keyin islom dinini qabul qilgan va hijob o‘ragan. Ammo farzandli bo‘lgani Alekseyning xiyonat qilmasligiga sabab bo‘lolmagan va Mariya farzandini yolg‘iz tarbiyalashiga to‘g‘ri kelgan.

Kendra Spirs

Foto: Cosmopolitan

Model Kendra va shahzoda Rahim Aga Xonning turmush qurishiga ularning dini va madaniyati o‘rtasidagi tafovut qarshilik qila olmagan. 2013-yilda tanishganidan keyin ularning har ikkisi bir-biriga bog‘lanib qolgan. Turmush qurganidan keyin Kendra islomni qabul qilgan va malika Salva deb atala boshlagan. Ammo bu uning karyerasini to‘xtashiga sabab bo‘la olmagan va o‘g‘li shahzoda Irfanga homilador bo‘lgunicha avvalgidek fotosessiyalarda ishtirok etgan.

Basta Rayms

Foto: Cosmopolitan

Mashhur xonanda va prodyuserning islom dinini qabul qilganiga ancha bo‘lgan. Aslida xonanda o‘zining e’tiqodini ommaga e’lon qilmagan va intervyulardan birida islomga o‘tgani haqida bergan ma’lumoti muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan. Tadbirlardan birida muxbirlarning savoliga Basta, islom dini uning ruhiy kamolotga erishishiga yordam berishini ta’kidlagan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Sakkiz qizni vahshiylarcha o‘ldirgan «Twitter-qotil» o‘limga mahkum etildi Tokio sudi 30 yoshli Takaxiro Siraisini to‘qqiz kishini o‘ldirishda aybdor deb topdi va uni o‘limga mahkum etdi, deya xabar berdi «Kiodo» agentligi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri. Sud qaroriga ko‘ra, tibbiy ko‘rik paytida yigitning aqli rasoligi tasdiqlandi. Bu esa harakatlari uchun javobgar ekanligini anglatadi. Siraisi shafqatsiz qotilliklardan tashqari, qurbonlarining jasadlarini qismlarga ajratishda va ularning qoldiqlarini saqlashda ham aybdor deb topildi. Bir yosh yigit tomonidan ikki oy davomida sodir etilgan bir qator vahshiy qotilliklar 2017-yilda butun Yaponiyani larzaga soldi. O‘shanda Siraisi Tokio yaqinidagi Kanagava prefekturasidagi Dzama shahrida istiqomat qilardi. Jinoyatlar tasodifan fosh etilgani keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi: yo‘qolgan qizning ukasi uning parollarini bilgan va jinoyatchi bilan yozishmalarini ko‘rgan. Xususan, qiz u bilan o‘z joniga qasd qilish masalasini muhokama qilgan va buni birgalikda amalga oshirishni xohlovchi odamni qidirayotganini ma’lum qilgan. Bu politsiya jinoyatchining iziga tushishiga yordam berdi. Gumonlanuvchining kvartirasi tintuv qilinganda yana sakkiz kishining boshi va boshqa tana qismlari topilgan. Ko‘p o‘tmay u qotillikni tan oldi. Faqat «shu darajada ko‘p odamni o‘ldirganidan, ularning kimligini eslolmasligini» aytdi. Barcha qurbonlarning ismlarini aniqlash uchun politsiya DNK-testini o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. O‘ldirilgan to‘qqiz kishining sakkiz nafari Yaponiyaning turli prefekturalaridan kelgan 15 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan qizlar tashkil etadi. Tergov natijasida aniqlanishicha, ularning hammasi ham o‘z joniga qasd qilishni istamagan. Xavfsiz mamlakatlardan biri sifatida tan olingan Yaponiyada ikki oy ichida to‘qqiz kishining xufiyona yo‘qolishi va qotil qo‘lida jon berishi, ustiga-ustak, barcha qotilliklar va jasadlarning qismlarga ajratilishi oddiy bir shahar kvartirasida sodir etilgani va qo‘shnilarning e’tiborni jalb qilmagani ham keng jamoatchilikni hayrat solmoqda. Tokio sudi 30 yoshli Takaxiro Siraisini to‘qqiz kishini o‘ldirishda aybdor deb topdi va uni o‘limga mahkum etdi, deya xabar berdi «Kiodo» agentligi. Sud qaroriga ko‘ra, tibbiy ko‘rik paytida yigitning aqli rasoligi tasdiqlandi. Bu esa harakatlari uchun javobgar ekanligini anglatadi. Siraisi shafqatsiz qotilliklardan tashqari, qurbonlarining jasadlarini qismlarga ajratishda va ularning qoldiqlarini saqlashda ham aybdor deb topildi. Bir yosh yigit tomonidan ikki oy davomida sodir etilgan bir qator vahshiy qotilliklar 2017-yilda butun Yaponiyani larzaga soldi. O‘shanda Siraisi Tokio yaqinidagi Kanagava prefekturasidagi Dzama shahrida istiqomat qilardi. Jinoyatlar tasodifan fosh etilgani keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi: yo‘qolgan qizning ukasi uning parollarini bilgan va jinoyatchi bilan yozishmalarini ko‘rgan. Xususan, qiz u bilan o‘z joniga qasd qilish masalasini muhokama qilgan va buni birgalikda amalga oshirishni xohlovchi odamni qidirayotganini ma’lum qilgan. Bu politsiya jinoyatchining iziga tushishiga yordam berdi. Gumonlanuvchining kvartirasi tintuv qilinganda yana sakkiz kishining boshi va boshqa tana qismlari topilgan. Ko‘p o‘tmay u qotillikni tan oldi. Faqat «shu darajada ko‘p odamni o‘ldirganidan, ularning kimligini eslolmasligini» aytdi. Barcha qurbonlarning ismlarini aniqlash uchun politsiya DNK-testini o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. O‘ldirilgan to‘qqiz kishining sakkiz nafari Yaponiyaning turli prefekturalaridan kelgan 15 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan qizlar tashkil etadi. Tergov natijasida aniqlanishicha, ularning hammasi ham o‘z joniga qasd qilishni istamagan. Xavfsiz mamlakatlardan biri sifatida tan olingan Yaponiyada ikki oy ichida to‘qqiz kishining xufiyona yo‘qolishi va qotil qo‘lida jon berishi, ustiga-ustak, barcha qotilliklar va jasadlarning qismlarga ajratilishi oddiy bir shahar kvartirasida sodir etilgani va qo‘shnilarning e’tiborni jalb qilmagani ham keng jamoatchilikni hayrat solmoqda. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Fikr qoldiring