Ishxonada koranavirusdan o`lim holati yuz bersa rahbarga nisbatan jazo qo`llaniladimi?
3096 09-09-2020 0 O'zimizdaBunday holatlarda, agar korxona tomonidan Sanitariya qoidalari ta`minlanmagan, deb gumon qilinsa rasmiy murojaat etilishi kerak.
SSV yoki viloyat, tuman miqyosida shu holatni to`liq o`rganuvchi ishchi guruh tashkil etiladi. Ishchi guruh tomonidan chuqur epidemiologik kuzatuv olib boriladi va barcha tomondan kasallik keltirib chiqarilishiga sabab bo`lgan omillar tahlili olib boriladi.
️Agarda korxonada Sanitariya epidemiologik me`yorlar va qoidalar talab darajasida tashkil etilmagani va ushlanmagani o`z tasdiqlansa, albatta bu holat qonun doirasida echim topadi.
Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!