Ishsizlik nafaqasi miqdorlari oshiriladi

“Aholi bandligi to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O`RQ–642, 20.10.2020 y). Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.

Aholining bandligini ta`minlashga oid qator masalalar Qonun darajasida belgilandi. Jumladan:

•  aholi bandligini rag`batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya, grant va kreditlar ajratish;

Реклама на Unews

•  har yili ish o`rinlarini tashkil etishga doir davlat byurtmasini shakllantirish;

•  mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarga ko`rsatiladigan xizmatlar turlari;

•  ish qidirayogan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan ro`yxatga olish va hisobdan chiqarish tartibi;

Реклама на Unews

•  “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kopmleksini yuritish;

•  mehnat stajini elektron tarzda hisobga olish.

 Shuningdek, Qonun bilan Mehnat kodeksiga bir qator o`zgartirishlar kiritildi. Jumladan, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko`pi bilan 26 hafta davomida to`lanishi belgilandi (amalda ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga 13 hafta, boshqa toifadagilarga 26 hafta mobaynida to`lanadi).

Qonunga ko`ra, ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha oshiriladi:

 ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) so`nggi 12 oylik davr ichida mahrum bo`lgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi o`rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori (MHEKM – 679 330 so`m)dan oz bo`lmagan miqdorda (amalda MHEKMning 35,2 foizidan oz bo`lmagan);

 ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo`lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida (amalda MHEKMning 26,5 va 35,2 foizidan oz bo`lmagan miqdorlarda);

 ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida (amalda MHEKMning kamida 26,5 foizi miqdorida).

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring