Ishsiz aholiga vaqtincha yer berganlarga soliq imtiyozi beriladi

"O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari tomonidan ishsiz aholiga tarqatilgan g‘alladan bo‘shagan yerlar aholiga mavsum mobaynida uch oy muddatga beriladi.

Agar soliq to‘lovchi soliq qarzi hosil bo‘lishini bilgan holda o‘zining pul mablag‘larini yoki boshqa mulkini o‘zga shaxslarga bergan bo‘lsa, soliq to‘lovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin va undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, mazkur imtiyoz fuqaroning yashash joyidagi mahalliy mehnat organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida beriladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring