“Ipoteka — bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 24 may kuni Toshkent shahridagi respublika “Ipoteka — bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Ma’lumotlarga qaraganda, kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Qo‘shimcha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olindi. Barcha muloqotda bo‘lganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.

Реклама на Unews

Bank binosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi mutaxassislari tomonidan zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi.

Aholi orasidan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari uchrab turganini hisobga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan, yana bir bor, karantin qoidalariga, jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, ya’ni qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishishdan tiyilish, jamoat joylarida to‘planmaslik, qo‘llarni tez-tez va yaxshilab yuvish, tibbiy niqob taqish kabi ehtiyot choralarini ko‘rishni va sanitariya qoidalarga qat’iy amal qilishlarini so‘raydi.

Putin meni qayta saylanishimni xohlamayapti – Tramp

Реклама на Unews

Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi

Propiska to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring