"Inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi". "O`zgidromet" Toshkent dunyoning havosi eng ifloslangan davlatlar qatorida ekani haqidagi xabarlarga raddiya berdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo`yicha dunyoda 2-, ba`zi manbalarda 3-o`ringa ko`tarilgani xabar qilindi. 

 

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati ushbu xabarlarga raddiya berdi. 

Ma`lum qilinishicha, makrosinoptik holat bo`yicha respublika hududi, shu jumladan Toshkent shahri ham antisiklon periferiyasi ta`sirida qolmoqda. Mazkur jarayon atmosferaning er sirtiga yaqin quyi qatlamida havoning quyosh botishi va chiqishidan so`ng radiasion sovushini keltirib chiqaradi. Bu esa havoda suv bug`larini to`yinishi, qalin tuman va bulduruq hodisalariga sabab bo`ladi. Havodagi suv bug`lari harorat -100S...-150S oralig`ida muz parchalariga aylanib, mayda disperss zarrachalar ko`rinishida havoda xiralikni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga shamol omilining yo`qligi esa havoda ko`rinuvchanlikni pasaytirib yuboradi.

Реклама на Unews

Ayni vaqtda Toshkent shahridagi atmosfera havosining pastki qatlamida (100-150 metrgacha) harorat inversiyasi (havo haroratining balandlikka qarab ortib borishi) vujudga keldi. Harorat inversiyasi – havoni vertikal harakatlariga to`sqinlik qiladi, natijada mayda zarrachali (PM 2,5) ifloslantiruvchi moddalar konsentrasiya oshib borishiga sabab bo`ladi. Havodagi ko`rinuvchanlikni pasayishi esa transportlarni harakatlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Jumladan, 22 yanvar soat 22:00dan 23 yanvar soat 05:00ga qadar poytaxtda radiasion sovish fonida qalin tuman hodisalari ro`y berib, Toshkent xalqaro aeroportida ko`rinish masofasi 50-100 metrgacha bo`lganligi sababli ushbu vaqt oralig`idagi 11 ta aviareyslar zaxira aeroportlarga qo`ndirildi.

Shu bilan birga, yuqorida qayd etib o`tilganidek tuman va bulduruq hodisalari ta`sirida PM 2,5 mayda dispers zarrachalarini ortishi o`lchov vositalarida aniqlanib AQI reytingida shahar 23 yanvar kuni soat 7:00-9:00 oralig`ida 317-ko`rsatkich bilan birinchi o`ringa ko`tarildi. Ayni damda havo haroratining ortishi natijasida tuman, bulduruq hodisalari chekinib havoning mayda zarrachalar bilan ifloslanishi pasaymoqda (23.01.2023 yil soat 10:00holatiga AQI reytingida 3-o`rinda).

"Hamshaharlarimizga shuni eslatib o`tmoqchimiz-ki, ushbu jarayonda atmosfera havosining zararli ifloslantiruvchi moddalar (SO,  SO2, NH3, chang) bilan ifloslanish holati ruxsat etilgan me`yoriy miqdorlardan ortmagan. Avtotransport harakati natijasida azot ikki oksidi miqdori 0,2-0,3 marotaba ruxsat etilgan me`yoriy mifdorlardan ortgani qayd etilib, ushbu ko`rsatkich yuqori darajadagi ifloslanish hisoblanmagan holda inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi", - deyiladi rasmiy munosabatda. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring