Infeksionist koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishi mumkinligidan ogohlantirdi

AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi koronavirus tarqalishi nazorat qilib bo‘lmaydigan darajaga yetishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqida  "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

Kongressda nutq so‘zlagan Fauchi mamlakatda karantin cheklovlarini olib tashlashga hali erta ekani va ushbu qarorning jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini qayd etdi.

«Karantin bekor qilinsa, koronavirusning tarqalishi yana ham tezlashib ketishi mumkin, nazorat qilib bo‘lmaydigan vaziyatga sharoit yaratilmoqda», — degan Fauchi. U COVID-19’dan vafot etganlar soni rasmiy ma’lumotlardagidan ko‘ra ko‘proq ekanligini taxmin qildi.

Реклама на Unews

30 aprelda bosh infeksionist koronavirusga qarshi yuz millionlab vaksina 2021 yilda tayyor bo‘lishi haqida gapirgan, shuningdek, shu ish bilan shug‘ullanayotgan jamoa tarkibiga kirganini aytgandi.

AQShda pandemiya juda jiddiy sur’atda davom etayotganiga qaramay ayrim shtatlarda karantin cheklovlari yumshatilgan. Karantin cheklovlarni yumshatgan dastlabki hududlardan biri – Jorjiya shtati.

AQShda 1,35 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 80 mingdan ko‘proq bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan, 233 ming kishi koronavirusdan tuzalgan.

Реклама на Unews

Prezident besh yillik bank tizimini isloh qilish strategiyasini tasdiqladi

Sardobadagi chodirlar shaharchasidan fotoreportaj

Bosh prokuratura Kusherbayev haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring