BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tgan, ammo Koreyaga keta olmagan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasi erkin yollash tizimi bo`yicha EPS-topik test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tib, ish beruvchilardan shartnoma loyihalari kelgan, biroq epidemiologik vaziyat tufayli tashkiliy tarzda Koreya Respublikasiga keta olmagan fuqarolar diqqatiga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati o`rtasida o`zaro olib borilgan muzokaralar natijasiga ko`ra, ayni vaqtda mehnat ta`tili olib, O`zbekiston Respublikasida bo`lib turgan fuqarolarni Koreya Respublikasiga yuborish bo`yicha quyidagilarni ma`lum qiladi.  Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan Koreya Respublikasi hukumatiga EPS-topik test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tib, ish beruvchilardan shartnoma loyihasi kelgan biroq, SOVID-19 virusining tarqalishi sababli Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda keta olmagan va viza tasdiqnomalari amal qilish muddati tugagan fuqarolarning ma`lumotlari Koreya Respublikasi inson resurslarini rivojlantirish xizmatiga taqdim qilingan.

Viza tasdiqnomasi amal qilish muddati tugagan fuqarolarning viza tasdiqnomalari Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan bosqichma-bosqich uzaytirilmoqda (viza tasdiqnomangiz uzaytirilganligi to`g`risidagi ma`lumotni o`zingizga tegishli shaxsiy kabinetingizdan bilib olishingiz mumkin).

55 nafar fuqarolarning (Ish beruvchi korxona tomonidan shartnoma loyihasi bekor bo`lgan) ma`lumotlari qayta tanlovlar bazasiga qo`yilgan.

Shulardan 40 nafariga qayta shartnoma loyihalari berilgan.

Hozirgi kunda Koreya Respublikasi erkin yollash tizimi bo`yicha EPS-topik test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tib, ish beruvchilardan shartnoma loyihalari kelgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasidagi 3 kunlik majburiy ko`niktirish darslari bekor qilinganligi sababli Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda jo`natish vaqtinchalik noma`lum muddatga qadar qoldirilgan.

Fuqarolik pasportidagi xorijga chiqish ruxsatnomasi (OVIR stikeri) amal qilish muddati tugagan va tugash arafasida bo`lgan fuqarolar zudlik bilan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishlari kerakligi to`g`risida ma`lum qilamiz.

Shartnoma loyihalari hamda viza tasdiqnomalari kelgan fuqarolarning hujjatlarini o`rnatilgan tartibda qabul qilish sanalari to`g`risida qo`shimcha ravishda e`lonlar orqali ma`lum qilinadi.

Qo`shimcha ma`lumot uchun Agentlikning 71-202-33-55 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Buxoroda SEOM xodimi homilador hamshirani kaltakladi (VIDEO) Buxoro shahar Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimi hamshiraga qo‘l ko‘tardi. Bu haqda «Daryo»ga xabar bergan viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, kaltak yegan hamshira ishi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan. Bu haqda "Daryo" nashri yozmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.   Ma’lum qilinishicha, Buxoro qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji sotish bozorining kirish joyida o‘rnatilgan dezinfeksiya tunneliga fuqarolarning tana haroratini o‘lchash uchun 21 yoshli hamshira xizmatga jalb qilingan. Buxoro shahridagi 11-sonli oilaviy poliklinika hamshirasi bo‘lgan N.P. 2020 yil 10 iyul kuni soat 12:30 da kun juda issiq bo‘lgani uchun o‘sha yerdagi qorovulxonada qisqa daqiqalarga salqinlagan. «Oradan to‘rt-besh daqiqa o‘tgach, yana o‘z joyiga qaytgan hamshiraga Buxoro shahar Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimi, 34 yoshli ayol M.A. tanbeh bergan. Ular o‘rtasida nizoli holat yuzaga kelgan. Bundan jahli chiqqan M.A. hamshiraning yuz qismiga qo‘li bilan bir necha marta urgan», — deydi viloyat IIB axborot xizmati mas’uli. Mazkur bozorda xizmat olib borayotgan IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari nizoli vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish berayotgan vaqtida hamshiraning sog‘lig‘i yomonlashgan va hushdan ketib, yiqilgan. Unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. «Poliklinikamizda ishlovchi hamshiraning onasi qizi homilador bo‘lganligini, kaltak yeb, hushidan ketgan qizining homilasi tushganligini aytmoqda. Ammo hamshiraning homiladorligi haqida bizda aniq ma’lumot yo‘q. Bu gapning qay darajada to‘g‘riligi ekspertiza xulosasidan so‘ng ma’lum bo‘ladi», — dedi Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi qoshidagi markaziy poliklinika mudiri Ixtiyor Jumaqulov. Hamshira hushiga kelgach, ikki ayol ham surishtiruv ishlari olib borish uchun Buxoro shahar IIO FMB 3-son IIBga olib borilgan. Ayni paytda sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring