Ilon Maskning raketasi noyabr oyida orbitaga chiqadi

Uchishga ruxsat olish uchun SpaceX barcha xavfsizlik choralari taqdim etishi kerak.

Texasning janubi-sharqidagi hududda “Starship” raketasi ustidagi ishlar davom etmoqda. Ayni paytda kemaning kosmosda ishga tushiradigan Raptor vakuumli dvigatel qismi tayyor, deb yozadi TechCrunch.

Uchishga ruxsat olish uchun SpaceX barcha xavfsizlik choralari ko`ngildagidek ekanligini taqdim etishi kerak, shunda uchish paytida biror narsa noto`g`ri ketishi ehtimoli minimal bo`ladi.

Реклама на Unews

“Agar hammasi yaxshi bo`lsa, „Starship“ kelasi oy o`zining birinchi orbital parvoziga tayyor bo`ladi”, — dedi Ilon Mask Twitterdagi sahifasida.

Avgust oyida SpaceX prototipning ikkita qismini birlashtirdi: “Starship” kosmik kemasi va uning 29 ta Raptor kislorod-metan dvigateliga ega o`ta og`ir tezlatkich. Bu taxminan 120 metr balandlikdagi tarixdagi eng baland yig`ilgan raketaga aylanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring