Ilon Maskning onasi bolalari bilan muhtojlikda o‘tkazgan yillari haqida so‘zlab berdi...

Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning onasi Mey xonim milliarder o‘g‘lining yoshligi ancha qiyinchilikda o‘tgani haqida so‘zlab berdi.

1979 yilda eri bilan ajrashganidan so‘ng Mey Mask moddiy jihatdan qiynalib qolgan va oila tirikchilik uchun eng zarur narsalardan ham iqtisod qilishga majbur bo‘lgan. Tesla kompaniyasining bo‘lajak asoschisi Ilon, uning ukasi Kimbal va singlisi Toska eski liboslar do‘konidan (sekond-xend) xarid qilingan kiyimlarni kiyishga hamda eng arzon yeguliklarni yeyishga majbur bo‘lishgan.

«Bolalarim yeryong‘oq moyida tayyorlangan buterbrodni hamda loviyalarni xush ko‘rishardi. Bu ancha arzonga tushardi. Yana men guruch va nondan oddiygina yeguliklar tayyorlab berardim va bu taomlar arzonligi bilan birga foydali ham edi», — degan Mey Mask.

Реклама на Unews

Masklar oilasi kinoteatr, restoran va sartaroshxonalarga borishmagan. Buning o‘rniga ona bolalarining sochlarini o‘zi taroshlab qo‘ygan. Turar-joy va tirikchilik uchun ona diyetolog sifatida ishlab qilib pul topgan.

«Biz yashashga intildik va farzandlarim men bilan birga kurashdi», — deya so‘zlarini nihoyalagan Mey Mask.

Ilon Mask 1971 yilda Janubiy Afrika Respublikasining Pretoriya shahrida, shu yerlik muhandis-uchuvchi va kanadalik diyetolog ayol oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak millioner o‘smirlik paytidayoq AQSHga ko‘chib ketishga qaror qiladi. Qo‘shma Shtatlarga Kanada orqali borish osonroqligini tushungan yigit onasining kanadalik ekanidan foydalangan holda Kanada pasportini oladi va otasining qarshiligiga qaramay, 18 yoshga to‘lish arafasida – 1989 yilda Kingstondagi Qirolicha universitetiga o‘qishga jo‘nab ketadi. Oradan uch yil o‘tib, u AQSHda, Pensilvaniya universitetiga o‘qishga kiradi.

Реклама на Unews

Ilon Mask ayni paytda milliarderlar o‘nligiga kiradi: uning boyligi 70,5 mlrd dollarga baholanadi.

Uning bir yoshga kichik ukasi Kimbal ham biznes bilan shug‘ullanadi — u The Kitchen restoranlar tarmog‘i sohibi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring