Ilon Maskning Internet-loyihasi narxi e’lon qilindi

Starlink sun’iy yo‘ldoshli Internet-loyihasining umumiy qiymati bir necha o‘n milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

Video aloqasi orqali Barselonadagi Mobile World Congressda so‘zlagan Mask Starlinkga jami sarmoyani oshkor qildi. Tadbirkorning fikriga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 20-30 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin. "Aslida, bu juda ko‘p", dedi u.

SpaceX va Tesla rahbari shuningdek, Starlink daromad olishni boshlashi uchun loyiha besh milliarddan o‘n milliard dollargacha sarmoya kiritishi kerakligini ta’kidladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring