Ilon Maskning Crew Dragon kosmik kemasi Yerga qaytish uchun Xalqaro kosmik stansiyadan ajraldi (video)

Bortida ikki astronavt — Duglas Xyorli va Robert Benken bo‘lgan Crew Dragon kemasi Yerga qaytish uchun avtomatik ravishda Xalqaro kosmik stansiya (XKS)dan ajraldi. NASA Crew Dragon’ning qo‘nish jarayonini to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilmoqda.

Kosmik kema Toshkent vaqti bilan soat 04:35 da stansiyadan ajralgan. Crew Dragon’ning Yerga yetib kelishiga 19 soat vaqt ketadi. Kosmik kema Atlantika okeanining Florida qirg‘oqlariga kelib qo‘nishi kerak. Bu 1975-yildan buyon Amerika tomonidan uchirilgan boshqariladigan kosmik kemaning birinchi bor suvga qo‘nishi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan Crew Dragon kosmik kemasi 30-may kuni Xalqaro kosmik stansiya tomon uchirilgan edi. 31-may kuni esa Crew Dragon XKSga muvaffaqiyatli tutashgan.

Реклама на Unews

SpaceX uchun bu fazogir ishtirokida kosmosga amalga oshirilgan ilk parvozdir. Tarixda ilk bor bunday jarayon xususiy kompaniya tomonidan amalga oshirildi. NASA agentligi va SpaceX kompaniyasi Dragon kosmik yuk kemasining boshqariladigan versiyasini yaratish uchun 2014-yili qiymati 2,6 milliard dollarlik shartnoma imzolagan edi. SpaceX boshqariladigan parvozlarni 2017-yildan boshlashi kutilgan edi, biroq Falcon eltuvchi raketasining bir necha avariyalaridan so‘ng kompaniyaning barcha ruxsatnomalarni olishi bir necha bor ortga surdirilgan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring