Ilon Mask o‘z sog‘lig‘i haqida: "Menda COVIDning yengil holati, chunki koronavirus bu oddiy shamollashning turi"

Koronavirusga test natijasi salbiy chiqqan SpaceX kompaniya rahbari Ilon Mask o‘zini COVID-19ning “o‘rtacha holat”ga chalingan deb hisoblamoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"Men turli laboratoriyalardan butunlay boshqacha natijalarni olmoqdaman, ammo menda COVIDning yengil holati. Mening alomatlarim yengil shamollash alomatlari, bu ajablanarli emas, chunki koronavirus bu oddiy shamollashning turi", - deb javob berdi Ilon Mask o‘z "Twitter"ida foydalanuvchilardan biriga.

Juma kuni Mask bir kunda koronavirusga 4ta test topshirgani, 2 tasining natijasi manfiy, 2 tasining musbat natija ekanligini aytdi. U Becton, Dickinson and Co kompaniyalaridan bir xil tezkor koronavirus testlaridan foydalangan.

Реклама на Unews

Keyinchalik u PSR-test sinovlarini boshqa laboratoriyada o‘tkazishga qaror qilganini, natijalar taxminan 24 soat ichida tayyor bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Undan koronavirusning biron bir alomati bormi, deya so‘rashganida Mask oddiy shamollash alomatlari borligini aytdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring